AsosiyJamiyat

“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” aviaqatnovi qayta tiklandi

'“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” aviaqatnovi qayta tiklandi'ning rasmi

Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent qatnovi O`zbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyatni yaxshilash bilan bir qatorda hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ ma`lumot berdi.

Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvoz 2021 yil 24-may kuni amalga oshirildi.  

Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent – Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so`mdan boshlanadi. Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo`nalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 so`mdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda ko`rsatilgan).  

Ta`kidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro`yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigrasiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo`lovchilarni o`z ichiga olmaydi.

Bundan tashqari, 72 soatdan ko`proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo`lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo`lovchilar va ekipaj a`zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.  

Bundan tashqari, yo`lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug`urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo`lishlari kerak.  

• Yo`lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PSR-testini topshiradi va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar