AsosiyJamiyat

Gematologiya va onkologiyada amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettiriladi

'Gematologiya va onkologiyada amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettiriladi'ning rasmi

Shu yilning 14 may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida bo`lib, shu kunning o`zida sohadagi muammolar yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazgan edi.  

Yig`ilishda tilga olingan masalalarni hal qilish va sohaga eng ilg`or texnologiyalarni jalb qilish maqsadida  “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko`rsatish  tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  

Ushbu qarorda gematologiya va onkologiya yo`nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish,  ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ko`lami va samaradorligini oshirish, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta`minlash, shifoxonalarni zamonaviy laboratoriyalar va tibbiy texnikalar bilan jihozlash kabi masalalarni hal etish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar