4 may kuni Guliston tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Qora dori - 2021” profilaktik-tadbiri davomida, 1960 yilda tug`ilgan, Guliston tumanida yashovchi, X.Shning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, yashash uyi tomorqasida anor ko`chatlari tagida bo`yi 20-65 sm bo`lgan 19 tup ko`knori giyohvandlik o`simligini ekib, parvarishlab o`stirayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur xolat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi TB tomonidan X.Sh ga nisbatan JKning 270-m 1-q bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.