AsosiyJamiyat

Olis hududlarda ingliz tilini o`rgatish bo`yicha mobil guruhlar faoliyati tashkil etiladi

'Olis hududlarda ingliz tilini o`rgatish bo`yicha mobil guruhlar faoliyati tashkil etiladi'ning rasmi

Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi hamda Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi onlayn muloqot tashkil qildi. Bu haqda XTV huzuridagi Respublika ta`lim markazi xabar qilmoqda. 

Suhbat davomida Respublika ta`lim markazi vakillari shu paytga qadar chet tillarni o`qitish tizimini rivojlantirish va mazmunini boyitish bo`yicha qilingan ishlar, jumladan, Milliy o`quv dasturi asosida chet tillari doirasida yaratilgan o`quv dasturi va dastur asosida tayyorlanayotgan  darsliklarning mazmun-mohiyati  haqida ma`lumot berishdi.  

Shuningdek, Cambridge darsliklarini  mahalliylashtirish bo`yicha qilinayotgan ishlar, English Speaking Nation "Ingliz tilida so`zlashuvchi millat" loyihasi haqida aytib o`tildi.

Suhbat davomida olis hududlarda mobil guruhlar faoliyatini boshlash va til o`rganuvchilar uchun chet tilini mukammal o`rganish muhitini tashkil etish haqida kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar