AsosiyJamiyat

Paxtaobod tumanida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o`tkazish bilan shug`ullanib kelayotgan fuqarolar ushlandi

'Paxtaobod tumanida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o`tkazish bilan shug`ullanib kelayotgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Paxtaobod tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir shtkazildi. 

Noqonuniy ravishda valyuta qimmatliklarini o`tkazish bilan shug`ullanib kelgan fuqaro M.K. va boshqalar navbatdagi xaridorga 5 000 AQSh dollarini 53 mln so`mga sotishga kelishib, undan 53 mln so`mni sanab olishib, evaziga 3 250 AQSh dollarini berib qolgan 1 750 AQSh dollarini  olib kelish uchun ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni so`rab qolamiz, bu bilan nafaqat o`zingizni asragan bo`lasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz.

    Boshqa yangiliklar