AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida reklama bannerlari bilan bog`liq muammo qanday hal etilmoqda?

'Toshkent shahrida reklama bannerlari bilan bog`liq muammo qanday hal etilmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida reklama konstruksiyalari buzilishi masalasi jamiyatning diqqat-e`tiborini o`ziga tortmoqda. Bir guruh tadbirkorlik sub`ektlari noodatiy usul orqali, ya`ni Prezidentdan yordam so`rab, o`zlariga tegishli bo`lgan reklama ob`ektlariga murojaatlarini joylashtirishdi.

Avvalroq, ushbu masala Biznes-ombudsmanning nazoratiga olinganligi to`g`risida rasmiy bayonot berilgan edi. 

Dastlabki o`rganishlarga ko`ra, tadbirkorlarga tegishli reklama konstruksiyalarining demontaji Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 27 martdagi 323/37-6-sonli “Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to`g`risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Biznes-ombudsman tomonidan yuqoridagi qarorning qonuniyligi o`rganilganda, “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi qonunining
21 va 22-moddalari talablariga asosan ushbu qaror loyihasi adliya organlarida ekspertizadan o`tkazilmaganligi aniqlandi.

Shundan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yuqoridagi qarorning qonuniyligiga baho berish hamda vakolat doirasida uni qayta ko`rib chiqilishida amaliy yordam berish so`ralgan.

Ma`lum bo`lishicha vyni damda, ushbu holat yuzasidan qo`shimcha o`rganishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar