Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, bugun O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati 34-37° atrofida bo`ladi.
Dam olish kunlari iliq havo kirib kelishi kuchayadi, juda issiq ob-havo O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati 36-39° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 40-42° gacha ko`tariladi. Respublika bo`yicha asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishi bilan ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
30 MAY-2 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI BILAN TANIShING
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
31 mayda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi
30-31 mayda 37-42°, 1-2 iyunda 33-38° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
1 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi
30-31 mayda 37-42°, 1-2 iyunda 35-40° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
1 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 30-31 mayda 17-22°, 1-2 iyunda 19-24°, kunduzi 34-39° bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
1 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi
37-42° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 1 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo`ladi.






