AsosiyJamiyat

Sirdaryoda elektropoezd urib yuborgan 22 yoshli qizning tanasi ikkiga bo`linib ketdi

'Sirdaryoda elektropoezd urib yuborgan 22 yoshli qizning tanasi ikkiga bo`linib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoning Xovos tumanida bir ayolni poezd «ikkiga bo`lib tashladi» nomli tarqalgan fotolavhalar tarqaldi. 

IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 24 may kuni soat 13-30 larda Sirdaryo viloyati IIB TXTB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, «Xovos-Toshkent» yo`nalishidagi yo`lovchi elektropoezdi Xovos aylanma yo`lining 2 km 6 piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma`lum ayol kishini urib yuborganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999 yilda tug`ilgan Xovos tumani Gulbaxor MFYda yashagan T.Sh. ekanligi hamda o`zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar