AsosiyJamiyat

Toshkentda kar-soqov qizning urib kaltaklangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Toshkentda kar-soqov qizning urib kaltaklangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan ayolga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo`layotganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.  

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan qo`shimcha tafsilotlarini e`lon qildi.

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli Mohizoda V.ga shafqatsizlik qilinganligi fakti bo`yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi “v” bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo`lsa) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Qo`shimcha tarzda shuni ma`lum qilamizki, mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Mumtozbegim D. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 227 moddasiga asosan qo`lga olindi.

Bundan tashqari, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektor tomonidan Mohizoda V.ga himoya orderi topshirildi.

Boshqa yangiliklar