1

Muassasada nosog`lom muhit hukm surmoqda — Bolalar ombudsmani Samarqanddagi maktab-internatda o`rganish o`tkazdi

Jamiyat 28.05.2021, 15:45
Teglar: Bolalar ombudsmani
Muassasada nosog`lom muhit hukm surmoqda — Bolalar ombudsmani Samarqanddagi maktab-internatda o`rganish o`tkazdi

Kuni kecha, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 63-sonli ixtisoslashgan maktab-internatdagi ayanchli holat haqida xabar bergan edik.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat haqida tarqalgan ushbu xabar bo`yicha rasmiy munosabat berdi.

"Joriy yilning 24 may kuni ijtimoiy tarmoq sahifalarida Samarqand viloyati 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilarining yuz qismi ko`kargan, shikastlangan va yirtiq-yamoq kiyimlarda yurgan va kir yuvishga majbur qilinayotganligi  xolatlari aks etgan rasmlar keng tarqalib jamoatchilik o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Mazkur xabar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari - Bola huquqlari bo`yicha vakil tomonidan nazoratga olinib, Samarqand viloyati hokimiga holatni o`rganish va to`plangan ma`lumotlarni taqdim etish bo`yicha so`rov yuborilgan.

Holat joriy yilning 25 may kuni Bola huquqlari bo`yicha vakilning Samarqand viloyatidagi Mintaqaviy vakili N.Rabbimova, Samarkand viloyati xokimi E.Turdimov, tuman xokimi N.Sulaymonov, tuman prokurori D.Kubaev, tuman IIB boshlig`i B.Ibragimov, Viloyat Xalk ta`limi boshkarmasi boshlig`i Z.Shodieva, boshkarmaning mas`ul xodimlari tomonidan o`rganildi.

Mintaqaviy vakilning aniqlashicha, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi ushbu muassasada tarbiyalanayotgan suratdagi 2 nafar bola otasi tomonidan uyiga qaytarib olib ketilgan, ko`zi ko`kargan bola esa 11 mart kuni tengdoshi bilan urishganligi va o`shanda ko`zi ko`karganini aytgan. Bu holat bolaning tibbiy anketasida ham qayd etilgan.

Shuningdek, tog`orada kir yuvayotgan 4-sinf bolasining onasi bilan suhbat qurilganida bu kabi holatlar 4 yil davomida umuman kuzatilmaganligi va ushbu rasmni ko`rib tushunishmaganligini bildirgan... Albatta bu holat o`rganilib, unga oydinlik kiritilgach, bola huquqlarini ta`minlashda, ularning ta`lim olishi, sog`lig`ini saqlash masalalarida yo`l qo`yilgan kamchiliklar aniqlansa, ularga  tegishli choralar ko`riladi.

Samarqand viloyatidagi Mintaqaviy vakili N.Rabbimovaning so`zlariga ko`ra, muassasada nosog`lom muhit hukm surmoqda. Xodimlar o`rtasida o`zboshimchalik, rahbarlarga bo`ysunmaslik, lavozim vazifalarini bajarmaslik, o`z ishiga e`tiborsizlik bilan qarash holatlari ko`zga tashlanmoqda.

Mazkur masala Samarqand viloyati hokimi nazoratiga olinib, muassasadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha kat`iy vazifa va topshiriklar berilgan",–deyiladi ombudsman xabarida.

Sharhlar

Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 kishi zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborildi — Bolalar Ombudsmani

06.04.2023, 13:32

Sal avval, Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy rasmiy bayonot berdi. Qayd...
Bolalar ombudsmani haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi

24.09.2021, 11:26

"O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo`yicha vakili (bolalar ombudsmani) to`g`risida"gi  qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.Qonun loyihasining asosiy g`oyasi – bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1