AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid tanlovning yangi bosqichini e`lon qildi

'Innovasion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid tanlovning yangi bosqichini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy hamda innovasion loyihalar tanlovining 47-turini quyidagi fan yo`nalishlari bo`yicha e`lon qiladi:

  1. Axborotlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
  2. Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari
  3. Ijtimoiy fanlar
  4. Iqtisodiyot va huquq fanlari
  5. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
  6. O`rmon xo`jaligi fanlari
  7. Qishloq xo`jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
  8. Tarix va arxeologiya fanlari
  9. Texnika fanlari
  10. Tibbiyot fanlari
  11. Er to`g`risidagi fanlar

Mazkur tanlov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o`tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2021 yilning 2 avgustiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro`yxatdan o`tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo`llanma xat (pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko`chirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovasion loyiha matni (imzo va muhr qo`yilgan holda, pdf va doc/docx).

 

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat`iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko`chirmachilikka (plagiatga) yo`l qo`yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo`lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to`liq asoslanganligi va so`ralgan mablag`larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to`g`ri hisob-kitob qilinganligi bo`yicha dastlabki texnik ekspertizadan o`tkaziladi.

Elektron ro`yxatdan hamda dastlabki texnik ekspertizadan o`tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovasion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so`ng to`liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma`lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g`oliblari tomonidan ilmiy loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to`la va o`z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas`ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Boshqa yangiliklar