Namangan FVB Matbuot xizmati xabariga ko`ra, joriy yilning 28 may kuni soat 17:36larda, Namangan shaxar Hamrox ko`chasida to`xtab turgan "Kamaz" rusumli yuk avtomabilida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, yong`in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz.






