Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.” MChJga qarashli 4 ta dorixonada sotuvchi vazifasida ishlagan fuqaro Sh.T. va boshqalar o`zlarining moddiy javobgarligida bo`lgan 75,6 mln so`mlik dori vositalarini hamda 142,2 mln so`m savdo pullarini bank muassasasiga topshirmasdan rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.T. va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






