Qashqadaryo viloyatida olingan xabarga ko`ra Milliy gvardiya Qo`riqlash boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.
Joriy yilning 25 may kuni tungi soat 23:00 da Kitob tumani “Beshterak” MFY hududidagi “Mash`al” blok postida o`tkazilgan ushbu tadbirda davlat raqami 70 X 659 RA bo`lgan “Neksiya” rusumli avtomashina to`xtatilib ko`zdan kechirilgan va uning salonidan 7 ta qopda umumiy hajmi 83 kg bo`lgan pilla mahsuloti borligi aniqlandi.
Olib borilgan dastlabki o`rganishlar davomida ushbu avtomabil haydovchisi Qamashi tumanida yashovchi fuqaro N.Sh. ekanligi ma`lum bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan Kitob tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






