AsosiyJamiyat

Ohangaronlik fuqaro 2500 AQSh dollariga tanishiga uy olib berishini aytdi. Ammo bu firib bo`lib chiqdi

'Ohangaronlik fuqaro 2500  AQSh dollariga tanishiga uy olib berishini aytdi. Ammo bu firib bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ohangaron shahrida 2 500 AQSh dollariga fuqaroga uy olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.B. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, 2 500 AQSh dollari evaziga uning nomiga shaharning 4-kichik tumani 20-uyda joylashgan xonadonni tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishni va`da qilib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar