Nishon tumani «Samarqand» mahallasida 2007 yilda tug`ilgan A.A. kanalda cho`kib ketib, vafot etdi. Bu haqda «Nasafnews» manbasi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, bola o`rtog`lari bilan uyi yaqinidagi kanalga cho`milish uchun borgan. Shu payt kanalga ko`p suv kelishi oqibatida cho`kib ketgan.
Vafot etgan bola Nishon tumanidagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabining 7 sinfida tahsil olardi. Voqea dars soatlari tugagandan keyin tushlik payti taxminan soat 13:00 lar atrofida sodir bo`lgan.
Bu haqdagi ma`lumotni «Nasafnews»ga tasdiqlagan Nishon tumani Xalq ta`limi bo`limi mudiri Jaxongir Xolmuratov baxtsiz hodisa 27 may kuni sodir bo`lganini qo`shimcha qildi.






