AsosiyJinoyat

Noqonuniy olib kelingan 1,5 mlrd. so`mlik tamaki mahsulotlari aniqlandi

'Noqonuniy olib kelingan 1,5 mlrd. so`mlik  tamaki mahsulotlari aniqlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi 1977 va 1990 y.t. ikki nafar fuqaroning yashash manzillari ko`zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida ularning xonadonlarida umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd so`mga teng bo`lgan tamaki mahsulotlari borligi, lekin ularni respublika hududiga olib kirishda zarur to`ladigan tegishli hujjatlar yo`qligi ma`lum bo`ldi va prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu tamaki mahsulotlari Toshkent va Farg`ona viloyatlaridagi aylanma yo`llar orqali Tojikiston Respublikasidan olib kelingan bo`lib, Toshkent shahrida sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo`lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar