Qamashi tumanining sobiq hokimi Rashid Muhammadiev 57 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, sobiq hokim kecha, 29-may kuni vafot etgan.
Rashid Muhammadiev 1964-yil G`uzor tumanida tug`ilgan bo`lib, Samarqand qishloq xo`jaligi institutini tamomlagan. “Do`stlik” ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Qamashi tumanini 2005—2017-yillarda boshqargan Rashid Muhamadiev hokimlikdan ketgach, ayni kungacha viloyat qishloq xo`jaligi boshqarmasida bo`lim boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan edi.






