Sergeli tumaniga yo`nalgan KXAYni kesib o`tuvchi ko`prik qurilayotgani sababli, yo`l qatnov qismining o`lchamlari 2 oyga o`zgartiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Usmon Nosir 2-tor ko`chasining KXAY bilan kesishgan qismida qatnov qismining umumiy eni 10 metrni, balandligi – 4,5 metrni tashkil qiladi. Transport qatnovi ikki tomonlama bo`ladi.
Ushbu yo`l qismidan o`tayotganda noqulayliklarning oldini olish uchun haydovchilardan transport vositalari va yuklarning o`lchamlarini inobatga olishlarini so`raymiz.






