B️u haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi. 29 mayda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 60423 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 16755 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 43461 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 207 nafarni (Namangan viloyatida) tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 1950398 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1321851 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 628340 nafarni tashkil qildi.
29 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Farg`ona viloyati (12267 doza),
- Andijon viloyati (7046 doza)
- Namangan viloyati (6405 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 254245 doza,
- Namangan viloyatida 230123 doza,
- Andijon viloyatida 226676 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






