AsosiyJamiyat

Qonun himoyasida bo`lgan tadbirkor qadriyatlarga zid tushunchani targ`ib qilgisi kelib qolsa nima bo`ladi? – Alisher Qodirov "Reklama to`g`risida"gi qonunning amaldagi tahririga partiyaning e`tirozlarini oshkor qildi

'Qonun himoyasida bo`lgan tadbirkor qadriyatlarga zid tushunchani targ`ib qilgisi kelib qolsa nima bo`ladi?  – Alisher Qodirov "Reklama to`g`risida"gi qonunning amaldagi tahririga partiyaning e`tirozlarini oshkor qildi'ning rasmi

Yangi tahrirdagi "Reklama to`g`risida"gi qonun loyihasi birinchi o`qishda deputatlarning 98,4 foiz ovozi bilan ma`qullandi. Ammo uning ba`zi bandlari muhokamalarga sabab bo`layotgani, xususan, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham bu borada o`z e`tirozlarini bildirdi.

“Milliy tiklanish” DP Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov qonunning qabul qilish bosqichlari haqida tushunchalar berdi va  "Reklama to`g`risida"gi qonun loyihasiga partiya fraksiyasi ham qator takliflar tayyorlayotganini bildirdi. 

" – Amaldagi tahrirga bizning ham e`tirozlarimiz bor.

Qisqagina tushuntirish...

Qonun uch o`qishda qabul qilinadi.  

Birinchi o`qishda “shu qonun kerakmi, yo`qmi” degan savol qo`yiladi. Qonunning moddalari muhokama qilinmaydi.  

Ko`rib turganingizdek, barcha fraksiyalar sohada o`zgarishlar kerak deb hisoblashdi.  

Demak, sohada o`zgarishi kerak bo`lgan masalalar bor.  

Birgina misol, bugun bevosita daromadini beliga tepadigan qonun qabul qilish xavfi tug`ilganida parlamentni mas`uliyatli ovoz berishga chaqirayotganlar saylovlar vaqtida saylovchilarni mas`uliyat bilan ovoz berishga emas, pampers sotib olishga targ`ib qilishni ma`qul ko`rgan edilar. Ular qonunni buzmaganlar, ijtimoiy targ`ibot uchun belgilangan xajmdan ortig`ini, hatto biroz arzonroq ham bermadilar, xolos. Ular haq edilar. Muammo qonunda ekanligi ma`lum.  

Partiyalarning moliyaviy baquvvat emasligi, saylovchilarning 5 foiz qismigina partiyalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlashi,  albatta hech kimni qiziqtirmaydi. Hammani sifatli qonun qiziqtiradi.  

Yana bir savol, qonun himoyasida bo`lgan tadbirkor qadriyatlarga zid tushunchani targ`ib qilgisi kelib qolsa nima bo`ladi? Albatta buni ochiq amalga oshirish ta`qiqlangan, lekin bugun jamiyatlarga "yopiq messejlar" ta`sirchanroq bo`lmoqda.  

Shu sababli, istisno hollarda, hokimiyat ijtimoiy targ`ibot xajmini orttirish yoki zarur hollarda reklamani cheklash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.

Qonun loyihasini ikkinchi o`qishga tayyorlash jarayonida  “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi hamma takliflarni muhokama qilishga tayyor, partiya g`oyalariga zid bo`lmasa, albatta ko`taramiz.

Ishlamaydigan qonun haqida...

Qonun ehtiyojdan kelib chiqib tashabbus qilinadi va qabul qilinadi. Qonunni ishlamayotganligi uni kerak emasligini emas, ishlatila olmayotganini ko`proq anglatadi.  

Hokimiyat uchun fuqarolarning xotirjamligi ularni farovonliklaridan kam bo`lmagan zaruratdir.

Yana bir gap, bir donishmand aytgan ekan: bad duo qilayotganda ehtiyot bo`ling, ular ijobat bo`lib qolishi mumkin... ", – deydi Alisher Qodirov.

 

    Boshqa yangiliklar