Ijtimoiy tarmoqlarda ma`lum qilinishicha, ushbu dahshatli qotillik Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida sodir bo`lgan.
O`rta yoshlardagi erkak kishining 100% kuygan — yoqib yuborilgan jasadi 28-may kuni kunduzi (tushdan keyin) Mirzaobod tumani hududidagi dalalardan birida topilgan. Jasad yonida oq rangli «Kobalt» avtomobili ham topilgan bo`lib, avtomobilga shikast etkazilmagan.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi jasad topilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O`ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganligini ma`lum qildi.
Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.






