AsosiyJamiyat

Mehnat vazirligi Surxondaryodagi korxona ishchilariga oylik berilmayotgani haqidagi xabarga izoh berdi

'Mehnat vazirligi Surxondaryodagi korxona ishchilariga oylik berilmayotgani haqidagi xabarga izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqning telegramm messendjerida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Enter engineering Pte Ltd” qo`shma korxonasi bir guruh xodimlarining 2021 yil aprel oyi uchun ish haqlari to`lab berilmaganligi haqida xabar tarqaldi. Mehnat vazirligi ushbu xabarlarga izoh berdi. 

Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, “Enter engineering Pte Ltd” qo`shma korxonasida 1 100 nafar xodim faoliyat ko`rsatib, ayni paytda ularga aprel oyi uchun ish haqqi to`lanmagan.

Tuzilgan mehnat shartnomasiga ko`ra, korxona ishchilariga ishbay — ya`ni, bajargan ish hajmiga asosan ish haqqi berilishi belgilangan bo`lib, 2021 yil aprel oyi uchun bajarilgan ish hajmi 2021 yilning 15 may sanasida topshirilganligi sababli o`z vaqtida maosh to`lash kechikkan.

Mazkur holat yuzasidan mehnat inspeksiyasi korxona rahbariyatiga xodimlarning ish haqlari joriy yilning 1 iyun sanasiga qadar to`liq to`lab berilishi bo`yicha bajarilishi majburiy bo`lgan yozma ko`rsatma kiritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar