AsosiyDunyo

Istanbul —Parij reysi yo`lovchisi o`g`lini sumkasida samolyotga olib chiqdi

Istanbul —Parij reysi bo`yicha parvozni amalga oshirayotgan Air France aviakompaniyasi samolyoti bortiga chiqqan ayol ikki yoshli o`g`lini qo`l sumkasiga solib chiqqan, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Reys yo`lovchilaridan biri sumkaning ichida nimadir qimirlayotganidan havotirlanib, ekipaj a`zolariga xabar bergan. Sumka ochib tekshirilganda, uning ichida ikki yoshli bola borligi aniqlangan. Bolaning onasi unga chipta olishni istamay, qo`l sumkasiga joylashtirishni ma`qul ko`rgan. Ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar