AQSh sudi 2001 yil 11 sentyabrda yuz bergan teraktlarda halok bo`lganlarning oila a`zolariga 10,5 milliard dollar to`lashni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sudya 7,5 milliard AQSh dollarini terakt qurbonlari oila a`zolariga tovon puli sifatida, yana uch milliard dollarni esa sug`urta kompaniyalari hisobiga o`tkazish haqida qaror qabul qildi.





