Sal avval xabar qilganimizdek, Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o`ldirganligi hodisasi o`rganilayotgan edi.
Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan Oltinko`l tumani IIB Tergov bo`linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.