Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda erkak va ayol kishi o`rtasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar tomonidan o`rganildi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 29 may kuni taxminan soat 19.45 da Mirzo-Ulug`bek tumani TTZ-1 hududida er-xotin 31 yoshli N.M. va 28 yoshli A.B.lar orasida oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Turmush o`rtoqlar bilan alohida suhbat o`tkazilganda ayol aslida eri uni xafa qilmasligini, unga nisbatan bosim o`tkazmasligini va jismoniy kuch ish latmasligini aytgan. Ba`zida janjallashib turishlari, lekin umuman olganda oilalari tinch ekanligini bildirgan.
Shunga qaramasdan N.M. ayoliga nisbatan qo`pollik qilgan taqdirda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ma`muriy chora ko`rilishi haqida ogohlantirilgan.






