AsosiyJamiyat

Bayram tuhfasi sifatida bugun Qashqadaryoda 200 ta bog`cha ochiladi

'Bayram tuhfasi sifatida bugun Qashqadaryoda 200 ta bog`cha ochiladi'ning rasmi

Viloyatdagi hokimliklar tashabbusi bilan bugun 200 ta MTMlar faoliyati yo`lga qo`yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ularning 170 tasi oilaviy, 29 tasi DMTT va 1 tasi DXSh bog`chalardir. Natijada bog`chalar soni 1897 taga etadi.

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ish boshlaydigan bog`chalar ochilishi ortidan 675 kishi ishli bo`lsa, 7537 nafar qo`shimcha bolalar o`rni tashkil etiladi va viloyatning bu sohadagi ko`rsatkichi 46,2 foizga oshadi. Umumiy bolalar qamrovi 136 293 nafarga etadi. (31 may holatida 128 ming 756 nafar (43,7 foizi) qamrab olingan.)  

Jumladan, Qarshi shahrida 11 ta, Shahrisabz shahrida 25 ta, G`uzorda 6 ta, Dehqonobodda 14 ta, Kasbida 18 ta, Kitobda 37 ta, Kosonda 3 ta, Qamashida 2 ta, Qarshi tumanida 4 ta, Mirishkorda 15 ta, Muborakda 5 ta, Nishonda 4 ta, Chiroqchida 23 ta, Shahrisabz tumanida 22 ta va Yakkabog`da 11 ta bog`chalar ochiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar