“O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiya va MDH mamlakatlaridagi o`z mavqeini saqlab qolish, savdo hajmini oshirish maqsadida bir qator tadbirlarni olib bormoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
2016 yilning ikkinchi choragidan T250 modeli bazasidagi yangi Nexia (Ravon Nexia) seriyalab ishlab chiqariladi va eksport qilinishi boshlanadi.
Matiz avtomobili esa avtomatik transmissiya, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi, kunduzgi chiroqlar, navigasiya tizimi bilan ta`minlanadi. Bundan tashqari, dvigatel hajmi 1,25 litr bo`lgan, avtomat uzatmalar qutisi bilan hamohanglikda ishlaydigan M300 (Spark) modelini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, shuningdek, eksport uchun ishlab chiqarilayotgan barcha engil avtomobillarga ERA-GLONASS tizimini o`rnatish rejalashtirilgan.





