25 may kuni taxminan soat 05.00 da Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX postida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtga kirmoqchi bo`lgan “Cobalt” rusumli bo`lgan avtomobil to`xtatildi.
Tekshiruv natijasida transport vositasi yo`lovchisi – 1972 yilda tug`ilgan Samarqand viloyatilik Abdullo X.ning chamadonidan ikkita plastik koneteynerga solingan va sellofan paketga o`ralgan jigar rangli moddda va pichoq topildi. Xolislar guvohligida taqiqlangan moddalar olinib, tegishli bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga etkazildi.






