Surxondaryo viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida faollar yig`ilishi boshlandi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.
Yig`ilish avvalida ma`lum qilinishicha, viloyatga 1,9 trln mablag` ajratilishi rejalashtirilmoqda. Qayd etish kerakki, hech bir hududga bunaqa katta miqdorda mablag` ajratilishi hali tarixda kuzatilmagan.
Viloyatning keyingi taqdirini belgilab beruvchi muhim yig`ilish tafsilotlari bilan yaqin soatlarda tanishtirib boramiz.






