Yangihayot tumani 18 may kuni taxminan soat 19.30 da 45 yoshli Ravshan T. 40 yoshli Akbarjon I.ga tegishli bo`lgan “Lasetti” avtomobili qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, “zajigalka” yordamida avtomobil oynasini qizdirib sindirgan va salondan 1.000.000 so`mlik antiradarni o`g`irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ichki ishlar organlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo`lga olingan. Tergov olib borilmoqda.






