AsosiyJamiyat

Mirobodda ishsiz aholi uchun yarmarka tashkillashtirildi

'Mirobodda ishsiz aholi uchun yarmarka tashkillashtirildi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumanida “Bo`sh ish o`rinlari" mehnat yarmarkasi o`tkazildi. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar bermoqda. 

️Yarmarkada hududlardagi 135 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o`zlarining 2,3 mingdan ortiq bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida 478 nafar fuqarolar (236 nafar ayollar, 251 nafar yoshlar) qatnashib, ulardan 73 nafar fuqarolar shu erning o`zida ishga joylashtirildi. Shu bilan bir qatorda, 84 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish bo`yicha yo`llanma berildi, 39 nafar qatnashuvchilar esa haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar