AsosiyJinoyat

Marg`ilonda Qirg`izistonning tibbiyot universitetiga imtihonlarisiz o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Marg`ilonda Qirg`izistonning tibbiyot universitetiga imtihonlarisiz o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg`ilon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.A. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni Qirg`iziston Respublikasi O`sh tibbiyot universitetiga kirish imtihonlarisiz o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar