AsosiyJinoyat

Toshkentda fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik evaziga 60.000 AQSh dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi

'Toshkentda fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik evaziga 60.000 AQSh dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi'ning rasmi

21 may kuni soat 12:00 larda Yunusobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.O`. bilan birgalikda unga oldindan tanish bo`lgan 22 yoshli J.Sh.ning behayo suratlarini 2019 yildan buyon saqlab kelib, joriy yilning may oyi boshlarida “Telegram messenger” da “Limon” nomli sahifa ochib, J.Sh.ga behayo suratlarini yuborib, uni oila a`zolariga sharmanda qilish bilan qo`rqitib kelgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra tovlamachi 60.000 AQSh dollarini berishini talab qilib, so`ng 2.250 AQSh dollarga kelishib, A.O`. Yunusobod tumani “Megaplanet” savdo markazi oldida J.Sh.dan 2.000 AQSh dollari va 3 000 000 so`m pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, A.J.ning telefon apparati xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ushbu fuqaro muqaddam  26 yoshli R.Z., dan xam suratlarini tarqatmaslik evaziga 10.000.000 so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan talab qilganligi so`ngra undan 6.000.000 so`mni pochta orqali olishga erishilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar