Joriy yilning 1-6 mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo`yicha “SEEMOUS” o`ninchi xalqaro olimpiadasi o`tkazildi. Unda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo`lga kiritdi.
Kipr ta`lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Evropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.
Tanlovda O`zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.





