AsosiyJamiyat

Ayollarga nisbatan zo`ravonlik o`tkazgan 508 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan

'Ayollarga nisbatan zo`ravonlik o`tkazgan 508 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  ishtirok etgan darakchi.uz muxbirining xabar berishicha, xotin-qizlarga zo`ravonlik holatlarining 73 foizi ularning oilalarida sodir etilgani aniqlangan.

Zo`ravonlikdan jabr ko`rgan 11 300 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. 

"Reabilitasiya markazlari orqali xotin-qizlarga turli yordamlar ko`rsatib kelinmoqda. Misol sifatida joriy yilning o`tgan vaqti davomida Markazlarga murojaat qilgan 4205 nafar fuqaroning 1 991 nafariga psixologik, 1524 nafariga huquqiy, 115 nafariga tibbiy yordam berildi. 100 nafariga hujjatlarini qayta tiklashda, 24 nafariga sud va boshqa idoralarda vakillik, 89 tasiga himoya orderini olish, 362 tasiga boshqa masalalarda yordam ko`rsatildi.

Bugungi kunga qadar zo`ravonlikdan jabr ko`rgan 11 300 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi. Mahalla fuqarolar yig`inlari vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 9400 ta oila yarashtirildi, 6658 ta oiladagi nizolar bartaraf etildi.

2021 yilda ayollarga zo`ravonlik va tazyiq o`tkazish bilan bog`liq 598 ta ish ko`rilib, 508 nafar shaxsga ayblov hukmi chiqarilgan. Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan tazyiq va zo`ravonlik holatlarining 73 foizi ularning oilalarida sodir etilgan.

2021 yil 1 iyundan boshlab «himoya orderi» nusxasini olgan, ya`ni tazyiq o`tkazgan yoki zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxslar ham profilaktik hisobga olinadi», – deya ma`lumot bergan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi mutaxassislari.

 

    Boshqa yangiliklar