So`nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo`yicha yoz faslining boshi uchun me`yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo`lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog`liqdir.
Soha mutahassislarining ma`lum qilishicha, dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 44-46 gacha isiydi, kechalari 22-27° atrofida, respublikaning cho`l hududlarida ba`zi joylarda 30° gacha bo`ladi.






