AsosiyJamiyat

Ish xaqi va ish staji, OTMda o`qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma`lumotnomalarini talab qilish qonunchilik talabini buzadi

'Ish xaqi va ish staji, OTMda o`qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma`lumotnomalarini talab qilish qonunchilik talabini buzadi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida "O`zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliev 1 iyundan arxiv hujjatlarini rasmiylashtirish bo`yicha aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar to`g`risida ma`lum qildi.

2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, ho`jalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari  aholidan ish xaqi va ish staji, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasasida o`qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma`lumotnomalarini talab qilish bekor qilingan.  

 Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda so`rash bundan mustasno.

2021 yil 1 iyundan boshlab pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to`g`risidagi ma`lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko`rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma`muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma`lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab olinadi.

Ushbu hujjatlarni davlat arxivlari tomonidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanishini ma`lum qilamiz.

 Shuningdek,  Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda Pensiya jamg`armasining bo`limlarining rasmiy xatiga asosan tegishli arxivlar tomonidan berilishi amalga oshiriladi.  

    Boshqa yangiliklar