Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumani, Og`ay MFYda yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan M.M. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, sud idoralaridan qochganligi bois unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. Fuqaroning fotosurati orqali tezkor surishtiruv va qidiruv ishlari olib borildi.
️2021 yil 3 iyun kuni kundalik vazifalarini bajarib yurgan Toshkent tumani IIB YHXB boshlig`i J.Qurbonov odamlar orasida ko`zga tashlanmaslik uchun erga qarab ketayotgan yigitga e`tibor qaratdi. Qidiruvdagi shaxs fotosuratini olib fuqaroga nazar tashlagan xodim fursatni boy bermasdan darhol uni qo`lga oldi va qidiruvdagi gumonlanuvchini tuman IIBga topshirdi.






