AsosiyJamiyat

O`zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida medallar soni bo`yicha 1-o`rinni egalladi

'O`zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida medallar soni bo`yicha 1-o`rinni egalladi'ning rasmi

O`zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida medallar soni bo`yicha Osiyoda 1-o`rinni egalladi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan  matbuot anjumanidan Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

Ma`lumki, 24-31 may kunlari BAAning Dubay shahrida boks bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tdi.

Musobaqada O`zbekiston terma jamoasi to`liq tarkibda ishtirok etdi. Yakunda Osiyo chempionatida ishtirok etgan 20 nafar bokschimizdan 18 tasi yurtimizga medal bilan qaydi.  

Ushbu natija orqali terma jamoa medallar soni bo`yicha Osiyoda birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Musobaqa yakuniga ko`ra 7 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo`ldi. Bu orqali medallar sifati bo`yicha umumiy hisobda Osiyo chempionatini ikkinchi o`rinda yakunladi

Boshqa yangiliklar