AsosiyJamiyat

Sirdaryolik ayol uy uchun umrbod egalik huquqini oldi

'Sirdaryolik ayol uy uchun umrbod egalik huquqini oldi'ning rasmi

Avvalroq Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 5-Shirin mahallasidagi “Temiryo`lchilar yotoqxonasi”da istiqomat qilayotgan Gulchinor Umrzoqovaning “temir daftar”ga kiritilmaganligi va yosh bolasi bilan qiyin ahvolda qolganligi bilan bog`liq holat Senatning Xotin-qizlar va gender tengldik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olinganligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu holat qo`mita a`zolari tomonidan o`rganilganda quyidagilar ma`lum bo`ldi. Murojaatchi Gulchinor Umirzoqova sakkiz oylik bolasi bilan yotoqxonada emas, aksincha Sirdaryo tumani 5-Shirin mahallasi Guliston ko`chasida joylashgan 279 - ko`pqavatli uyda turmush o`rtog`i Qobil Umirzoqov bilan istiqomat qilishi, turmush o`rtog`i ham tibbiyot birlashmasining ma`lumotiga ko`ra, sog`lom ekanligi, psixiatr va  narkolog shifokori xisobida turmasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Qobil Umirzoqov tuman hokimligi yordamida 2019 yil 23 noyabr kuni "Peng -Sheng" qo`shma korxonasining qadoqlash bo`limiga  ishga joylashtirilgani, ammo Q.Umirzoqov  2020 yil 15 fevral kuni o`z xohishi bilan ishdan bo`shagani ma`lum bo`ldi.

O`rganishlar davomida G.Umirzoqova “Yoshlar daftari”ga kiritilib, unga 980 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatildi. Ayolning hozirgi vaqtda yashab kelayotgan Guliston ko`chasida joylashgan 279 – uy, 9-xonadon Sirdaryo tumani hokimining 2021 yil 20 maydagi 724-sonli qaroriga asosan “Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri” davlat korxonasi Sirdaryo tumani filiali tomonidan G.Umrzoqova nomiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan rasmiylashtirilib berildi.

    Boshqa yangiliklar