AsosiyJamiyat

Samarqandda yo`l bo`yidagi gullar solingan tokchani tepib, ag`dargan ayol ruhiy kasalliklar dispanseriga jo`natiladi(video)

'Samarqandda yo`l bo`yidagi gullar solingan tokchani tepib, ag`dargan ayol ruhiy kasalliklar dispanseriga jo`natiladi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand shahrining Mirzo Ulug`bek ko`chasidan o`tib ketayotgan ayol, yo`l bo`yidagi gullar solingan tokchani tepib, ag`darib ketganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan o`rganishlar davomida, ushbu holat Samarqand shahri “Dushanbe” ko`chasida yashovchi, 42 yoshli G.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Surishtiruv davomida, ushbu ayol viloyat Ruhiy kasalliklar dispanserida ro`yhatda turishi, oldin ham kasalligi tufayli bir necha marotoba davolanib chiqqanligi aniqlandi.

Ayni damda, fuqaroni davolanish uchun ruhiy kasalliklar dispanseriga yuborish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar