O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha issiq ko`tarilishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° ni, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 44-46° gachani tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 40-42° gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorati 25-30° bo`ladi.






