“Hududgaz Qashqadaryo” filiali texnik nosozliklar tufayli ayrim hududlarda vaqtinchalik gaz ta`minoti uzilishi bo`yicha ogohlantirdi.
Ma`lum qilinishicha, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasining 2021 yil 1 iyundagi 32-02-09/983-sonli xatiga asosan, Yakkabog` magistral gaz quvuri tarmog`ining 7 kmidagi nuqsonli qismlarini yangisiga almashtirilishi munosabati bilan 2021 yil 7 iyun kuni soat 06-00 dan 8-iyun 18-00 ga qadar, Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Kitob, Yakkabog` hamda Shahrisabz tumanlarida tabiiy gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Shu munosabat bilan, Shahrisabz shahri, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog` va Kitob tumanlaridagi 39 ta MFY va 21138 ta xonadonda, shuningdek, 395 ta ulgurji iste`molchilarning tabiiy gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Ta`mirlash ishlari yakunlangandan so`ng, ta`minot qayta tiklanadi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Talimarjon IESda ham nosozlik yuzaga kelgani sababli, Qashqadaryoning 3 ta tumani aholisi "svet"dan uzilgani xabar qilingan edi.






