AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim vazirligida vazir o`rinbosarlari o`zgardi

'Maktabgacha ta`lim vazirligida vazir o`rinbosarlari o`zgardi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirining ikki o`rinbosari lavozimidan ozod etilib, ularning o`rniga yangilari tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Qahramon Olimov vazirning birinchi o`rinbosari boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o`rniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Bahodirjon Onorboev tayinlandi.

Shuningdek, Maqsudjan Yo`ldoshev vazir o`rinbosari boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Vazirning yangi o`rinbosari lavozimiga oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan Uzoqboy Begimqulov tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar