AsosiyJamiyat

Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich talabasiga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich talabasiga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

28 may kuni, Pop tumanida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Murojaatda, shu kuni soat 18:30 larda, Pop shahar Mustaqillik mahallasi hududidagi istirohat bog`ida ketayotgan vaqtida notanish shaxs, uni to`xtatib qo`lidan narxi 800.000 so`mlik “LG X4+” rusumli uyali telefon apparatini olib qo`yib, voqea joyidan ketib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop shahrida yashovchi, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich talabasi, 2002 yilda tug`ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar