Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Fuqaro J.I. firibgarlik yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali tuman hududidan 24 sotix bo`sh er maydonini olib berishi evaziga 52 800 AQSh dollarini olib, o`zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






