Joriy yilning 30 may kuni soat 01:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov va Nasaf ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi R.B. "Neksiya" rusumli avtomobilni boshqarayotib belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Natijada, piyoda, 1996 yilda tug`ilgan B.O. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
I️IV barcha piyodalardan belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tmasliklarini, haydovchilar piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini so`ramoqda.






