"Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qodiriya-Oqqovoq bekatlari oralig`ining 16-kilometridan 17-kilometrigacha bo`lgan temir yo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli, 2021 yil 7 iyun kuni soat 07:10 da – “Toshkent – Xojikent”, 10:10 da – “Xojikent – Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – “Toshkent–Xojikent-Toshkent” yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.






